Avtomobil transportiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash

Avtomobil transportiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash

To'plam : Yo'nalishlar

Ta'rif

Kasbiy mutaxassisliklarAvtomobillarni yig'ish va sinash bo'yicha texnik-mexanik, avtomobillarni bo'yash va kuzov ishlari bo'yicha texnik-mexanik, avtomobillarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha texnik-mexanik.
Ixtisosliklar
  • O‘rta maxsus (yo‘nalishdagi barcha kasblar bo‘yicha chilangar,texnik-mexanik, operator, akkumulyatorchi, “V” yoki”VS” toifali haydovchi, bo‘yash ishlari sifat nazoratchisi) – transport va sanoat kollejlari;
  • Oliy (avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisi, ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish texnologi, mashinalar, apparatlar va asbob-uskunalar dinamikasi, mustahkamligi texnigi) –avtomobil yo‘llar institutlari, texnika oliy o‘quv yurtlari.
Qobiliyatlarxizmat doirasida muloqot qila olish, tashkilotchilik, yuqori mas’uliyat, yaxshi ko‘rish qobiliyati, diqqat, chiqishimlilik, xushmuomalalik, jismoniy chidamlilik.
Fanlarmatematika, fizika, iqtisodiyot, huquq, geografiya, informatika, ona tili, chet tillari, elektrotexnika, chilangarlik ishi, psixologiya, “Texnik ijodkorlik” to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar.
Mazmuni
  • Avtombil zavodlarida – avtomobillarni yig‘ish va sinash, bo‘yash va kuzov ishlarini bajarish;
  • Jamoat transportlarini ta’mirlash xizmati markazlari, avtoservis tashkilotlari, yoki boshqa tashkilotlarda – tramvaylar, trolleybuslar, avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish, ishga yaroqsiz detallarni almashtirish, kuzov va dvigatellarni tuzatish va hokazo.
  • Afzalliklarish va ish haqining turg‘unligi; nisbatan yuqori ish haqi; texnik va haydovchilarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj; yaxshi foyda olish imkoniyati; individual biznesni tashkil qilishning osonligi.