Konchilik ishi

Konchilik ishi

To'plam : Yo'nalishlar

Ta'rif

Kasbiy mutaxassisliklarOchiq kon mashina va jihozlarini ta'mirlash bo'yicha usta, erosti kon ishlari kon mashina va jihozlarini ishlatish va ta'mirlash bo'yicha usta, kabel ishlab chiqarish texnik-texnologi, erosti konlaridan foydali qazilmalarni qazib olish texnigi, foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish bo'yicha texnik, foydali qazilmalarni boyituvchi.
Ixtisosliklar
  • O‘rta maxsus (ochiq kon jihozlarini ta’mirlash elektrchilangari, ekskavator va buldozer mashinisti, kon qatlamlarini qayta yuklash mashinisti, sim cho‘zuvchi, kabellarni izolyasiyalovchi, kabel o‘rovchi, presslovchi, erosti konlarini tozalash ishchisi, erosti elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash elektrchilangari, qazib o‘tuvchi, mustahkamlovchi, burg‘ulovchi, burg‘ulash o‘qi nazoratchisi, burg‘ulash dasgohlari mashinisti, kon ishlari ishchisi, markshayderlik ishlari kon ishchisi, geologiya ishlari kon ishchisi, foydali qazilmalarni boyitish mashina va jihozlarini ishlatish chilangari, kimyoviy tahlil laboranti, foydali qazilmalarni boyitish texnigi, nasos qurilmalari, tegirmon va konveyer mashinisti, unumdor va noyob ermetallarini ajratish apparatchisi, gidrometallurg-apparatchi, gidrotexnologik quduqlar operatori) – neft va gaz, sanoat kollejlari;
  • Oliy (neft va gaz konlari operatori, neft va gaz konlari mashina va jihozlari mashinisti, neft va gaz quduqlari burg‘ulovchisi, markshayder, elektromexanik) – tog‘ kon metallurgiya instituti, muhandislik va texnika oliy o‘quv yurtlari.
Qobiliyatlarqandaydir o‘ziga xos iste’dod talab qilinmaydi, lekin kimyoviy, fizik va texnik bilimlar, mustahkam sog‘lik, jismoniy tayyorgarlik,chiqishimlilik, jismonan qiyin ishlarni bajarish uchun kuch va matonatga ega bo‘lish, kuchli iroda, o‘tkir ko‘zlar.
Fanlar
Mazmuni
  • Konchilik ishida – erosti konlaridan foydali qazilmalarni qazib olish, ularni boyitish, er yuzidagi va erosti inshootlarda kon-texnologik ishlarni amalga oshirish, burg‘ulash, markshayderlik xizmatlarini ko‘rsatish, kon sanoati mashina-jihozlari, uskunalari va ob’ektlaridan foydalanish, kimyoviy tahlillarni olib borish;
  • Loyiha konstruktorlik va tajriba-tadqiqot faoliyati – kon sanoati moslama va uskunalarini, transport sxemalarini loyihalash, namunaviy usullar bo‘yicha tajriba-tadqiqiot o‘tkazish va natijalarni qayta ishlash, shaxtani shamollatishda havo oqimining yo‘nalishlari va miqdorini aniqlash, konchilikning yangi texnologiyalarini yaratish, kompyuter yordamida karer maydonlarini modellashtirish;
  • Ilmiy pedagogik faoliyat – oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyati.
  • Afzalliklarsohada kadrlarga bo‘lgan yuqori talab va yuqori maosh; mamlakatning, hatto dunyoning turli o‘lkalarida bo‘lish imkoniyati; imtiyozli mehnat ta’tillari; davolanish uchun imtiyozlarning mavjudligi; ish joyidan turarjoyga ega bo‘lish imkoniyati.