{{ product.name }}

Qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnigi

To'plam : Yo'nalishlar

Ta'rif

Elektrotexnika (elektro…va texnika) – fan va texnikaning energiyani o`zgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqa masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shug`ullanuvchi sohasi.

Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi elekrtotexnikaning yaratilishiga olib keldi. 17-18 asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalarning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bag`ishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai – volt ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo bo`lishi elektrotexnikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokida bog`liq bo`lgan kimyoviy, issiqlik, yorug`lik va magnit hodisalariga doir ko`pgina tadqiqot ishlari o`tkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirning muhim qonuni - Om qonuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr o`lchash ishlarida bu sohadagi yutuqlardan ayniqsa keng foydalanildi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr mashinalari – dvigatel va generator yaratilishiga sabab bo`ldi.

19-asrning 70-yillari oxirida J.K. Maksvelning ishlari elektromagnit maydon ta’limotiga asos soldi. 80-yillarda o`zgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon mashinalari shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqtda kimyoviy tok manbalari ham rivojlantirila bordi. Bu sohada qo`rg`oshin akkumulyatori yaratildi va rivojlantirildi.

Elektrotexnikaning keyingi taraqqiyoti elektrotexnika sanoatining paydo bo`lishi va elektr yorug`likdan keng foydalanish bilan bog`liq bo`ldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va ishlatilishida qo`lga kiritilgan yutuqlar yorug`lik texnikasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko`rsatdi. Elektr yorug`ligining keng joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga olib keldi. Elektr toki metall nusxalar ko`chirish va metall qoplash sohasida ham qo`llanila boshladi.

19-asrning 70-80- yillarida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan keyingina elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tug`ildi.

Elektrotexnikaning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M.O.Dolivo-Dobrovolskiy yaratgan uch fazali tok sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga bo`lgan talabning kuchayishi kuchli eektr stansiyalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika sistemalarini yaratish va eskilarini qayta tiklashga sabab bo`ldi. Elektrotexnik qurilmalarning takomillashishi yuqori kuchlanish elektr zanjirlari texnikasi va nazariyasining, elektr mashinalari, elektr yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning shakllanishiga yordam berdi. Elektrotexnika yutuqlari radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika, hisoblash texnikasi va kibernetikani rivojlanishiga olib keldi.

Mustaqillik tufayli respublikamizning barcha jabhalarida olib borilayotgan islohotlar qatori elektrotexnika sanoatida ham tub o`zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, transformator zavodida yuqori kuchlanishli transformatorlar, Andijon elektromotor aksiyadorlik jamiyatida yuqori ekspluatatsion ko`rsatkichlarga ega bo`lgan asinxron motorlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.

Hozirgi kunda ishlab chiqarish texnikaviy darajasining o`sishi natijasida xalq xo`jaligining barcha sohalarida turli xil yangi tipdagi elektr mashinalari, apparatlar va boshqa elektr jihozlari ishlatilmoqda. Katta quvvatli elektr generatorlar elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda; turli sohalarda mahsulot ishlab chiqaradigan, mashina va mexanizmlarni harakatga keltiradigan zamonaviy elektr motorlar keng ko`lamda qo`llanilmoqda. Turli xil elektr mashinalarni, jihozlarni korxonalarda va xonodonlarda to`g`ri hamda tejamli ishlata bilish muhim ahamiyatga ega.

Jamiyatning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish barcha sohalarda elektr energiyasidan keng va samarali foydalanishni ko`zda tutadi. Sanoat qishloq xo`jaligi va maishiy xizmat barcha sohalarining kelajakdagi taraqqiyoti korxonalarni kapital qurish va qayta qurish hajmlarining kengayib borayotganligi bilan belgilanadi. Bu yo`nalishdagi rejalarda elektr stansiyalari, tarmoqlari va podstansiyalarini qurish va taraqqiy ettirish bo`yicha ishlar salmoqli hissani tashkil etadi.

Elektr energiyasi shu bilan xarakterlanadiki, u uzoq masofalarga uzatilishi, boshqa turdagi, masalan, yorug`lik, issiqlik, mexanik va boshqa energiyalarga oson o`zgartirilishi mumkin. Shu sababli issiqlik, gidro va boshqa turdagi elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi elektr uzatish liniyalari orqali uni iste’mol qilish joylariga - zavodlar, fabrikalar, qishloq xo`jaligi korxonalari, maishiy xizmat shoxobchalari kabilarga uzatiladi. Elektr energiyasini uzatish va uni iste’molchilarga taqsimlash uchun elektr liniyalari, oshiruvchi va pasaytiruvchi podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar va turli kuchlanish liniyalari xizmat qiladi.

O`zbekiston elektr energetikasining zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari. 2001-yildan ko`mir sanoat korxonalarini ham o`z ichiga olgan. O`zbekiston elektr energetikasi “O`zbekenergo” ochiq turdagi Davlat Aksiyadorlik Kompaniyasi bo`lib faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya tarkibiga 53 ta korxona va tashkilot, shulardan 39 ta ochiq aksiyadorlik jamiyati, 11 ta unitary korxona, 2 ta ma’suliyati cheklangan jamiyat va kompaniyaning “Energosotish” filiali kiradi.

Kompaniya aholi va xalq xo`jaligini markazlashgan elektr hamda respublika miqyosida issiqlik energiyasi bilan kommunal xo`jalik iste’molchilarini ta’minlashni amalga oshiradi.

2005-yilda kompaniya elektr stansiyalari tomonidan 46,2 mld. kW∙soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, iste’molchilarga 9,9 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi, 16,9 mln. Dollarlik elektr energiyasi qo`shni mamlakatlarga sotildi.

Respublikadagi 42 ta elektr stansiyalarining o`rnatilgan quvvati 12,3 mln. kW dan yuqori bo`lib, O`rta Osiyo birlashgan energetika tizimi ishlab chiqarayotgan quvvatining taxminan 50 % ini tashkil etadi.

“O`zbekenergo” kompaniyasi respublikada deyarli yagona elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va ta’minotchi kompaniya hisoblanadi.

Milliy energetika tizimining asosini elektr energiyasining 85 % dank o`pini ishlab chiqaruvchi Sirdaryo, Yangi Angren va Toshkent IES kabi katta elektr stansiyalari tashkil etadi.

Komoaniyaning hamma suv elektr stansiyalari suv oqimi bo`yicha ishlaydigan, asosan, SES kaskadlariga birlashgan, eng katta SESlar Chirchiq daryosining yuqori qismida joylashgan (Chorvoq, Xo`jakent, G`azalkent) va quvvatni rostlash tizimida ishlashga imkon beruvchi suv omborlariga ega.

Respublikada elektr energiyasini uzatish barcha kuchlanishi 235 ming km uzatish liniyalari hamda umumiy quvvati 37,7 mln. kV Ali 35 K va undan yuqori kuchlanishli transformator podstansiyalari yordamida amalga oshiriladi.

Energetika O`zbekistonnig iqtisodiy o`sishi va rivojlanishiga hayotiy muhim o`rin egallaydi, shuning uchun mustaqillikning birinchi kunidan boshlab yangi energetika siyosati hukumatning alohida boshqaruvi ostida bo`ldi.

2000-yilning dekabr oyida O`zbekiston hukumati tomonidan “2001-2010- yillarda O`zbekiston Respublikasida quvvat yaratilishini rivojlantirish va qayta qurish dasturi” qabul qilindi.

Energetika sohasidagi milliy strategiyaning asosiy yo`nalishlari quyidagilar: monopoliyadan chiqarish va davlat boshqaruvini kamaytirish; energiya tarqatish sohasida raqobatli muhit yaratish; xorijiy kompaniyalar bilan texnlogik va investitsion hamkorlik olib borish.

Dastur bo`yicha energiyani yaratishning samarali texnologiyalarini kiritib, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy IESlari, Toshkent, Muborak IEM bug’-gazli va gaz turbinali uskunalarini yangilash va qayta qurish boshlanadi.

Bu dasturni amalga oshirish uchun investorlar mablag`i jalb qilinadi. Dastur qabul qilingandan buyon YRTB krediti “Toshkent IESni yangilsh” loyihasi bo`yicha ishlar Yaponiya hukumatining uzoq muddatli imtiyozli krediti hisobiga boshlanadi. 2005-yilda Tollimarjon IESning 800 MW quvvatli bitta energobloki ishga tushurildi.

Transformatorlarning quvvati 1002 MVA bo`lgan 500 kV kuchlanishli So`g`diyona podstansiyasi ishga tushdi.

500 kV kuchlanishli Yangi Angren IESdan Farg`ona vodiysiga qabul qiluvchi 500 kV kuchlanishli O`zbekiston podstansiyasigacha bo`lgan elektir uzatuv liniyasi qurilmoqda.

Sirdaryo IESdan So`g`diyona podstansiyasigacha bo`lgan 500 kV kuchlanishli havo liniyasini loyihalash ishlari olib borilmoqda. Qurilishni moliyalashtirish ishlari Islom TTaraqqiyot banki tomonidan olib borilmoqda.

110-220 kV kuchlanishli yangi obyektlarning qurilishi nazarda tutilmoqda, shu bilan birga respublikamiz poytaxti elektir ta’minotining ishonchliligini oshirish uchun 110 kV li kabel liniyalari va yopiq podstansiyalari qurilmoqda.

Dastur ushbu ishlarni amalga oshirish uchun, o`rtacha 800 km magistiral EULni qurish hamda 220-500 kV kuchlanishli, quvvatlari 2 mln. kV bo`lgan transformator podstansiyalarini ishga tushirilish kutilmoqda.

Kompaniya tomonidan energiyani tejamkorligi sohasida har yili energitika-yoqilg`i resurslarini iqtisod qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha tashkliy texnologik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Energiya tejamkorligi masalalarini yaxshi bajarish uchun, birinchidan, hamma toifali iste’molchilarni zamonaviy elektr energiya o`lchov va hisoblash asboblari bilan ta’minlash zarur.

Hukumat qarorlarining bajarilishi uchun kompaniya mablag`lari hisobiga energetika korxonalari, ko`p xonadonli uylar va xususiy uylarga yuqori sifatli elektr energiyasini o`lchash asbob va tizimlarini o`rnatish dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarni 2012-yilgacha tugallash rejalashtirilmoqda. Zmonaviy asbob va tizimlar asosida elektr energiyasining kommersiya hisobini tashkil qilish, istemolchilardan o`z vaqtida maksimal darajada mablag` yi`g`uvchi, sarflangan energiya uchun to`lovlar intizomini tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Energetika iqtisodiyotning asosiy bo`limi ekanligini hisobga olib, energetika tizimi korxonalarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish o`zining xususyatiga ega.

Hozir har bir mamlakatning texnik jihatdan rivojlanish darajasi , asosan, uning energetikasining holati , elektr stansiyalarining quvvati va elektir energiyasi ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish miqdori bilan aniqlanadi .

Elektr stansiyalaridagi turbogeneratorlar va gidrogeneratorlarning quvvatlari tobora oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda foydali ish koeffitsiyentlari yuqori bo`lgan (300, 500, 800 ming kV bo`lgan ) turbogeneratorlar ishlab turibdi.

Elektr energetikaning yuqori darajada rivojlanishi xalq xo`jaligining hamma sohalarini qayta jihozlashga, sanoat, qishloq xo`jaligi, qurulish va transport kabi uning yetakchi sohalarida elektr energiyasini keng joriy qilishga imkoniyat yaratadi.

Sanoat korxonalarida elektr energiyasi yordamida minglab dastgohlar va mexanizmlar harakatga keltiriladi, metall eritiladi, galvanik usulda metallar yuzasiga zanglashga qarshi va kislotaga chidamli, himoyalovchi qoplamalar qoplanadi, turli detallar elektr maydonida bo`yaladi , texnologik jarayonlar , dastgoh va konveyerlarning murakkab avtomatik linyalari avtomatik tarzda boshqariladi.

Sanoat ishlab chiqarishining yanada rivojlanishini ta’minlash uchun mamlakatimizda zavod va fabrikalar rekonstruksiya qilinmoqda. Har qaysi sanoat korxonasini qurish va rekonstruksiya qiish, shuningdek, turar joy binolari, maktablar, kasalxonalar, taetrlar va boshqalarni qurish muqarrar katta hajmdagi elektr montaj ishlarini bajarish bilan bog`liqdir.

Zamonaviy sanoat korxonasi elektr jihozlarini montaj qilish ancha murakkab ishlar kompleksidan iboratdir. Ularga: umumzavod va sexlardagi taqsimlash hamda transformator podstansiyalarini, elektr energiyasini uzatuvchi juda uzun va turli kuchlanishli kabel hamda havo elektr tarmoqlarini; sexlardagi komplekt taqsimlash qurulmalarini va boshqarish pultlarini , ko`tarish-tashish qurulmalarini (liftlar, yuk ko`targichlar, ko`prik kranlari, elektr telferlar va b.); sexlardagi elektr uskunalarini; avtomatik boshqarish, rostlash va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish qurilmlarini montaj qilish kiradi.

Bunday murakkab elektr montaj ishlarini bajarish uchun elektr montajchilar zarur nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim.

Elektr montajchidan kasbiy tayyorgarligidan tashqari iqtisodiyot , elektr montaj ishlarini rejalashtirish va tashkil qilishning zamonaviy usullarini o`rganish talab qilinadi. Montaj tashkilotlari bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tayotgan bir paytda elektr montaj korxonasining ishlab chiqarish ko`rsatkichlari amalda har bir montajchi ishining sifatiga bog`liq bo`lishi bilan birga, birinchi navbatda ishlab chiqarish unumiga; montaj qilishda ishlatiladigan materyallar va o`rnatiladigan buyumlari tejashga, montaj qilishda ishlatiladigan mavjud mexanizm va moslamalardan unumli foydalanishga bog`liq.