Texnologik mashinalar va jixozlar

Texnologik mashinalar va jixozlar

To'plam : Yo'nalishlar

Ta'rif

Kasbiy mutaxassisliklarTexnologik mashinalar va sanoat jihozlarini sozlash va xizmat ko'rsatish mexanigi, shamollatish tizimlari, sovutish, kriogen texnikalari agregatlari va mashinalarini montaj qilish, sozlash va ishlatish mexanigi, non-makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jihozlarini sozlash mexanigi, elevator, un-yorma va omuxta em ishlab chiqarish texnologik uskunalarini sozlash mexanigi, yog'ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish texnik-texnologi, payvandlash ishlari texnigi, neft va gazni qayta ishlash mashina va jihozlari mexanigi, yengil sanoat korxonalari jihozlarini ta'mirlash va xizmat ko'rsatish mexanigi, charm buyumlarini ishlab chiqarish mashina va jihozlariga xizmat ko'rsatish mexanigi, noto'qima materiallarga birlamchi ishlov berish mashina va jihozlarini ta'mirlash mexanigi.
Ixtisosliklar
  • O‘rta maxsus (barcha jihozlar bo‘yicha chilangar,texnik, mexanik, sozlovchi, va operator, elektromontajchi, apparatchi, yuk iluvchi, arralovchi dastgohchi, mebellarni qoplovchi pardozlovchi) – sanoat kollejlari.
  • Oliy (muhandis-texnik, muhandis-texnolog, muhandis-mexanik) – muhandislik texnologiyalari, texnika oliy o‘quv yurtlari.
Qobiliyatlartexnika bilan ishlashga qiziqish, tabiatan sabrli bo‘lish, chet tilini bilish, konstruktorcha fikrlash, texnika va uning loyihalashtirilishiga, matematika, chizmachilik va tasviriy san’atga qiziqish, chaqqonlik, epchillik.
Fanlarmatematika, chizmachilik, fizika, elektrotexnika, kimyo, ona tili, chet tili, “Barkamol avlod” markazlarida “Texnik ijodkorlik” to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar.
Mazmuni
  • Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida – texnologik va yordamchi jihozlarni sozlash va ta’mirlashda ishtirok etish, jihozlarning profilaktik ko‘riklarini tashkillashtirish, yangi texnologik liniyalar montaji va ularni ishga tushirish;
  • Sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida – sanoat va texnologik mashinalarni sozlash, shamollatish tizimlari, sovutish va kriogen texnikalarga xizmat ko‘rsatish;
  • Mashinasozlik tashkilotlarida – mutaxassislarning ta’mirlovchi-sozlovchilardan tashkil topgan guruhlarida ishlash, ta’minotni zamonaviylashtirish yo‘llarini izlab topish, ishlab chiqarilgan eksperimetal va seriyali nusxalarini ta’mirlash jarayonini boshqarish, rejalashtirilgan profilaktik ta’mirlash ishlarini nazorat qilish, hujjatlarni tayyorlash;
  • Mashinasozlik ilmiy tekshirish institutlarida va konstruktorlik byurolarida –sanoat uchun mashina va apparatlar ishlab chiqarishda va ularni sinab ko‘rishda, yangi loyihalar yaratishda ishtirok etish.
  • Afzalliklarishning turg‘un xarakterga ega ekanligi, ish haqining doimiy tarzda oshib borishi, karerada yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilish imkoni; sanoatning boshqa yo‘nalishi bo‘yicha kvalifikatsiyani osonlik bilan qo‘lga kiritish imkoni majudligi.