Uy-joy xo'jaligini boshqarish

Uy-joy xo'jaligini boshqarish

To'plam : Yo'nalishlar

Ta'rif

“UY-JOY XO’JALIGINI BOSHQARISH” YO’NALISHIGA TAFSIFNOMA

Kvalifikatsiya nomi: 5.54.03.02. Uy-joy xo’jaligini boshqaruvchisi.
O’rta maxsus professional ta’lim darajasidagi kasb nomi: 5.54.03.02.

Uy-joy xo’jaligini boshqarish.

Turar joy binolari har qanday davlatda milliy boylik hisoblanadi. Respublikamiz o’z mustaqilligiga erishganidan so’ng ijtimoiy himoyalash maqsadida aholini turar- joy binolari bilan ta’minlashga katta ahamiyat berildi.


Davlatimizning turar - joy fondidan foydalanishdan, ularga texnik xizmat ko’rsatishdan va ularni yaxshi holatda saqlashdan asosiy maqsadiga quyidagilar kiradi:
- turar- joydan xususiy ijaraga va ijarada turuvchilar foydalanuvchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash;
- turar- joy fondi (qanday xususiylik shaklidan qatiy nazar )ning saqlanishini ta’minlash;
- turar- joy tizimida hamma uchun barobar texnik-siyosat yurg’izish, ya’ni binoni ta’mirlash, tuzilmalarining muhandislik tarmoqlari hamda turar- joy oldi hududida joylashgan bino va inshootlar holatining doimo nazoratini va amaliy ishlar olib borishini ta’minlash;
Turar- joy binolarini saqlash, ularga xizmat qilish “Turar- joy fondidan texnik foydalanish me’yorlari va qoydalari” ga amal qilib olib boriladi.

Turar- joy fondidan texnik foydalanish yangi tizim bo’lib, u quydagi yo’nalishlar bilan uzviy bog’langan:
- turar- joy fondidan foydalanishni boshqarish;
- turar- joy fondiga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash;
- ta’mirlash va qayta takomillashtirish ishlarini bajarish texnalogiyasi va uni tashkillashtirish;
- tura- joy fondining sanitar holatini yaxshilash va obodonlashtirish;
- turar-joy fondidan foydalanishning iqtisodiy asoslari.
“Uy-joy xojaligini boshqarish” yo’nalishini o’rganish talabalarda binolarning me’yoriy
xizmat muddati mobaynida bino elementlari va konstruksiyalarining meyoriy ekspluatasiyasini taminlab beruvch majmui tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bilimlarni shakllantirishdir. Shu bilan birga talabalarni zamonaviy o’lchash texnikalarini qo’llash, bino va inshootlarning sinov uslublarini taraqqiy erttirish, binolar ekspluatasiyasining turli bosqichlarida ularning texnik xolatiga yetarli darajada to’liq va obyektiv baho berish, bino va inshoatlar ekspluotatsiyasini tashkil qilish, binolarning jismoniy va ma’naviy eskirishi, qurilish konstruksiyalarining namlanishi va ularni himoyalash usullari metall konstruksiyalarning korroziyasi, binolarda texnik eksplotatsiya tadbirlarini o’tkazish ishlari bilan tanishtirish va o’rgatishdan iborat .
Texnologik muhit, atmosfera hodisalari, eksplotatsiyaviy yuk va shu kabi boshqa tasirlar natijasida bino va inshoatlar qurilish konstruksiyalarining eksplotasiyaviy xusuiyatlarida pasayish sodir bo’ladi.
Bulardan tashqari loyxalashdagi xatolar, konstruksiyalarni tayyorlash va montaj qilishdagi nuqsonlar, nominosib eksplotatsiya tufayli sodir bo’ladigan eskirishlar, metallar zanglashi, biokimyoviy tasirlar ham konstruksiyadagi eksplotatsiyaviy hususyatlarning pasayishiga olib keladi.
Xozirgi zamon turar- joy va jamoat binolari o’zida muxandislik tizimlari va inshootlarning murakkab majmuasini ifoda etadi. Ularni eksplotatsiya qilish uchun bino unsurlari ashyolarining eskirishi, yedirilishi va buzilishi asosiy qonuniyatlarini hamda binolarni o’z vaqtida remontga berish, ko’rikdan o’tkazishni tamillovchi tashkiliy tadbirlarni bilish lozim.
To’g’ri texnik xizmat ko’rsatish va rejaviy-ogohlantiruv tamirlashlarini o’z vaqtida o’tkazish binolarning meyoriy xizmat muddatini ta’minlaydi. Texnik eksplotatsiyani tashkillashtirishda binolarning konstruksiya va qurilmalari materialini hoh meyoriy, hoh barvaqt yedirilishini va eskirishini keltirib chiqaruvch sabablarni bilish lozim.
Binolar vazifasiga ko’ra quydagilarga bo’linadi:
1) Fuqoro binolari va ularga quydagilar taluqli:

  • turar- joy va jamoat;
  • xizmat ko’rsatuvchi va maiyshiy;
  • jamoat-madaniy (teatrlar, shifoxonalat, o’quv binolari);

2) Sanoat binolari (ishlab chiqarish va transport extiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi, sex, issiqlik elektr sitansiyalari va boshqa shu kabi binolar).
3) Qishloq xo’jalik binolari (fermalar, issiqxonalar va boshqalar).


Binolarni eksplotatsiya qilish qurilga obyektlardan foydalanishni, yaniy ularning xonalari bosh qolmasligini ko’zda tutadi. Masalan, eksplotatsiya qilish deganda turar- joy xonalarida fuqarolarning yashashi nazarda tutiladi. Istiqomat qiluvchilarning ehtiyojini qondirish barcha muxandislik tizimlarini (suv o’tkazgichlar, oqava suvlar, issiq suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, shamollatish, lift qurilmalari) meyorida ishlab turishi lozim.
Binolarni eksplotatsiyasi 2ta katta bo’limga ajratiladi: binolarga hizmat ko’rsatish va binolarni texnik eksplotatsiya qilish.
Binolarga texnik xizmat ko’rsatish deganda ularning honalaridan, muxandislik tarmoqlaridan, atrofidagi xududdan foydalanish mobaynida lozim bo’lgan holda tutilishini taminlashga aytiladi. Xizmat ko’rsatish passport ishlarini, tashkilotlar bilan yashovchilar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni, bino hovlisidagi sanitariya tozalash va supirish-sidirishlarni ko’zda tutadi. Texnik eksplatatsiya esa rajaviy-ogohlantiruv (kapital va joriy) va ko’zda tutilmagan tamirlashlarni o’tkazishni, hamda ko’riklar va qurilmalarni sozlashni nazarda tutadi.
Bino va uning ayrim konstrusiyalari eksplotatsiya mobaynida tabiiy omillar tasirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyilsdi. Binolarni buzilishsiz ishlatishni taminlash uchun eskirish jarayonini to’xtatib turishga yoki uni daf etishga yo’naltirilgan tadbirlarni o’rnatilgan talablar asosida o’tkazish lozim. Biroq boshlangich holatni to’la tiklashni hatto kapital remontlar natijasida ham amalga oshirib bo’lmaydi.Remont ishlari bo’lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu xolat binoni barvaqt ishdan chiqishiga olib keladi.

Binoning texnik eksplotatsiyasining vazifasi quydagilardan iborat:
• Turar-joy uylari va konstruksiyalarini va bino qismalrini yaroqli holatda tutish;
• Bino muxandislik qurilmalarining beto’xtov ishlashini taminlash;
• Ko’riklarni, hamda joriy va kapital, rejaviy-ogohlantiruv remontlarini o’z vaqtida o’tkazish;
• Uy atrof hududini saranjom-sarishta tutish.


Binolarga xizmat ko’rsatishda o’tkaziladigan tashkiliy tadbirlar quydagilarni taminlaydi:

• Fuqorolar bilan turar joyni tasarrufga o’tkazish haqida shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini taminlash;
• Ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ular bilan ishlash, masalan axlatlarni olib ketish, gaz-suv taminoti, lift xo’jaligiga xizmat ko’rsatish va remont qilish va boshqa shu kabilar;
• Pasport ishlarini olib borish.


Binolarga xizmat ko’rsatish va eksplotatsiya qilishning hamda ko’riklar o’tkazishning shakl va shamoilini bunday tus olishi ularga texnik xizmat ko’rsatishning o’ziga xosligini, yil davomida uzluksiz tavsifga ega eksnligini ko’rsatadi.